2018 yil 12 sentabr kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida kompyuter uskunalari va qurilmalarini işlab çiqaruvçi dunyoning yetakçi Acer kompaniyasining matbuot anjumani bölib ötdi.

 Matbuot anjumani "Acer Markaziy Osiyoda" şiori ostida ötkazildi va u kompaniyaning Markaziy Osiyodagi bozorlarida faoliyat körsatişidan boşlab to Berlinda ötkazilgan IFA 2018 iste'molçilar elektronikasi 58-xalqaro körgazmasida taqdim etilgan innovatsiyalari böyiça masalalarning keng doirasini qamrab oldi.

Acer EMEA mintaqasi vitse-prezidenti Grigoriy Nizovskiy  Özbekistondagi kompaniyasining yangi bozor strategiyasi bilan örtoqlaşdi, mintaqaning iqtisodiy körsatkiçlarini namoyiş etdi va asosiy muhim mahsulotlari töğrisida sözlab berdi.

— Acer Özbekistondagi mahsulot va bozor strategiyasini yuqori daromad keltiruvçi segmentlarga e'tiborni qaratgan holda özgartirmoqda. Kompaniya öyinlar turini, qatorini, jumladan öyin monitorlari va gadjyetlari turini kengaytiradi. Bundan taşqari biz biznes va foydalanuvçilar uçun asosiy vositalar sifatida ultra yupqa mahsulotlarini taklif etamiz. Portfolioni rejalaştirişda Acer öz e'tiborini, birinçi navbatda,raqobatçilar belgilagan narxga emas, balki iste'molçi uçun narx va sifatning eng yaxşi nisbatiga erişişga qaratadi. Uşbu strategiya Rossiya, Qozoğiston, Ukraina va boşqa köplab mamlakatlar bozorlarida muvaffaqiyatli işlab kelmoqda.

Şu bilan birga, Acer, davlat sektori va hukumat loyihalariga e'tiborini qaratişda davom etadi. Biz e'tirozning eng past koeffitsiyenti bilan mahsulotlarni, konfiguratsiyalarning noyob, mukammal moslaşuvçanligini va savdodan keyingi a'lo darajadagi xizmatlarni taklif etamiz, - deydi EMEA mintaqasi Acer vitse-prezidenti Grigoriy Nizovskiy.

Acerning öyin liniyasi nafaqat noutbuklar, balki professional kibersportçilar, hamda havaskor geymerlar uçun möljallangan stol kompyuterlari, monitorlar va gadjyetlarni ham öz içiga oladi.