2019 yilning 11 aprelida Nyu-York şahrida Acer kompaniyasi mahsulotlariga oid yangiliklarni taqdim etdi va bozorga dizaynerlar, animatorlar, arxitektorlar, dastur işlab çiquvçilari va boşqa kontent yaratuvçilari uçun möljallangan yangi ConceptD brendini çiqarişi haqida e'lon qildi.Mazkur kompaniya taqdim etgan ayrim modellarini Özbekistonga 2019 yilning sentabr oyida olib kiriş rejalaştirilmoqda.

Tadqiqotlar natijalariga köra, öyinlar uçun möljallangan Acer kompyuterlarining 30 foizida öyinlar heç qaçon öynalmagan bölib, uşbu kompyuterlarning quvvatidan professional masalalarni hal etiş uçun foydalanilgan.Endi esa ijodiy kasb vakillari ular ehtiyojiga muvofiq keltirilgan özining şaxsiy mahsulotlar qatoriga ega böldilar.

Acer ConceptD quvvatli kompyuterlari

Yuqori unumdorlikka ega Acer ConceptD şaxsiy kompyuterlari bir vaqtning özida köp vazifalar bilan işlaş rejimida katta hajmda resurslar talab etadigan işlarni bajariş uçun möljallangan.ConceptD 900 top modeli murakkab vizual effektlar renderingi, 3D-modellaş va simulyatsiyalar, sun'iy intellekt va çuqur örganiş texnologiyalari bilan muntazam ravişda işlab boruvçilarga ma'qul keladi.

Şuningdek, Acer işini professional darajagaça kötarişni xohlovçilar uçun narxi unça qimmat bölmagan, 4ta displey bilan işlaş imkoniyatiga ega ConceptD 500 kompyuterini işlab çiqdi.

Acer ConceptD şovqinsiz noutbuklari

ConceptD quvvatli noutbuklar bilan ofisdan taşqarida, sevimli joyda işlaş mumkin.Şovqinni bosuvçi tizim hatto şovqin darajasi 40 dB gaça qat'iy çeklangan kutubxonada işlaş imkonini beradi.Şuningdek, dizaynerlar rang ötkazişning yuqori aniqligi va suratning a'lo sifatini ham qayd etmoqda.

ConceptD9 seriyasidagi oliy noutbuk 3D-modellaş uçun işlab çiqilgan.4K UHD aniqlikka ega 17,3 dyuymli displey aylanadi, egiladi va suriladi.Wacom® EMR stilusi noutbukka magnit orqali mahkamlanadi va 4096ta bosim sezuvçanligi darajasini namoyiş etadi.

ConceptD 7 2D va 3D grafikasini yaratiş va uni tahrir qiliş uçun a'lo darajada töğri keladi.Noutbukni özi bilan olib yuriş qulay: qalinligi 17,9 mm., 4K UHD aniqlikka ega 15,6 dyuymli displeyga ega noutbukning vazni atigi 2,1 kg. taşkil etadi.