Toşkentda elektr samokatlar ommalaşib bormoqda. Ösmirlar uçun bu qiziqarli köngilxuşlik, kattalar uçun – möljaldagi manzilga tirbandliklar va svetoforlarsiz yetib olişning qulay usuli.

Özbekistonda taqdim etilgan brendlardan biri bu – Acer. Dunyoga maşhur kompyuter jihozlari işlab çiqaruvçisi turli yöl qoplamalari (asfalt, brusçatka, plitka) uçun va ham qisqa, ham uzoq masofalarga möljallangan modellarni işlab çiqaradi. Özbekistonda Acer 3 ta modelni taqdim etadi: yengil Acer ES Series 1, funksional Acer ES Series 3, kuçli Acer ES Series 5. Mosini tanlab oliş va keraksiz opsiyalar uçun ortiqça pul tölamaslik maqsadida, tajribali foydalanuvçilar bir neça parametrlarni baholaşni maslahat beradilar.

Bir zaryadda yuriş masofasi

Birinçi navbatda, samokat yaqin masofa uçun olinyaptimi yoki uzoqqa qatnaşgami – şuni aniqlab oliş lozim. Zaryad nolga tuşib, yöl örtasida qolib ketişni heç kim istamaydi. Töğri, uni rozetkasi bor istalgan joyda (masalan, qahvaxonada) zaryadlab oliş mumkin, lekin vaqt uvol böladi.

Acer elektr samokatlari oilasi barça ssenariylarni közda tutadi: yengil ES Series 1 bir zaryadda 20 km gaça yuradi va ikki soatda zaryadlanadi. Undan uzoqroqqa boriş uçun ES Series 3 mos keladi, u 30 km bosib ötadi va 4 soatda quvvat yiğib oladi. Öta faollar, ya’ni hayotidan tirbandlig-u svetoforlarni çiqarib taşlaşni istaganlar uçun ES Series 5 möljallangan. U 65 km bosib ötadi va bir keça (8 soat)da 100% zaryad oladi.

Bobur, tajribali foydalanuvçi:

— Menda ES Series 5 bor, men özim yaşaydigan Qöyliqdan işga – Yunusobodga bemalol borib kelaman. Elektr samokatdan foydalanişimning sabablaridan biri – avtoturargoh muammosi. Şaharda kun böyi maşinani taşlab ketiş mumkin bölgan joylar tobora kamayib bormoqda. Bundan taşqari, ertalablari hammayoq tirbandlik, şunday ekan, samokat vaqtni sezilari tejaydi.

Umuman olganda, ba’zida keçalari non oliş yoki sal narida yaşaydigan ota-onamni ziyorat qiliş kerak böladi. Bir-ikki kilometr uçun garajni oçib, maşinani yurğiziş yoqmaydi, şu sababli samokatda yuraman.

Ğildiraklar

Unçalik ham sifatli bölmagan yöllar uçun tajribali foydalanuvçilar ğildiraklari diametri katta bölgan modelni tanlaşni maslahat beradilar. Ular yöl önqir-çönqirlarini, çuqurliklar va notekis plitkalarni ravon bosib ötadi. Çunonçi, Acer ES Series 3 ğildiraklarining diametri 8,5 sm, bu şahar şaroitida qulay yuriş uçun yetarli. Önqir-çönqir asfalt yöl uçun ğildiraklari diametri 10 sm bölgan, amortizatorli Acer ES Series 5'ni tanlagan yaxşi. U relef baland-pastliklaridan bilintirmay ötkazadi. Bu esa ğaşga teguvçi titraşni yöqotib, yuriş ravonligini ta’minlaydi.