Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Buyuk Britaniyaning ekspluatatsiya va mehnat huquqlari buzilişiga qarşi kuraşiş xizmati vakillari örtasida uçraşuv bölib ötdi.
Spot'ning yozişiça, uçraşuvda Buyuk Britaniya va Şimoliy Irlandiya Birlaşgan Qirolligining Özbekistondagi elçixonasi vakillari ham iştirok etdi.
Buyuk Britaniyaning ekspluatatsiya va mehnat huquqlari buzilişiga qarşi kuraşiş xizmati rahbari Daril Diksonning qayd etişiça, Buyuk Britaniyada Özbekiston fuqarolari qişloq xöjaligi sohasida faoliyat yuritmoqdalar.
“Biz migratsiyasi sohasidagi hamkorligimizni kengaytiriş niyatidamiz. Taşkilotimiz rekruting agentliklariga litsenziya beriş bilan şuğullanadi. Şu bois, bizning takliflarimiz geografiyasi juda keng. Öylaymanki, uşbu uçraşuvda hamkorligimizni yanada rivojlantiriş borasida muhim kelişuvga erişamiz”, — dedi Daril Dikson.
Uçraşuvda hamkorlikning yangi yönalişlarini belgilaş, xususan, Özbekiston fuqarolarini Buyuk Britaniyada nafaqat, qişloq xöjaligi, balki, quriliş va tibbiyot sohalarida ham iş bilan ta’minlaşning yangi yönalişlari muhokama qilindi.
Yakunda agentlik va Britaniya xizmati örtasida mehnat migrantlarining huquq va manfaatlarini himoya qiliş sohasida hamkorlik qiliş töğrisida memorandum imzolandi.

















