«Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasini transformatsiya qiliş va vakolatli davlat organi faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident farmoni imzolandi. Unga köra, Tabiat resurslari vazirligi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi deb qayta nomlandi.
Şuningdek:
- 2023 yil 1 iyuldan «Jamoatçilik ekologiya nazoratçisi» tizimi joriy qilinadi.
- Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va örmon xöjaligi sohasidagi qonunçilikka rioya etilişi va uning ijrosi ustidan nazoratga mas’ul bölgan Boş prokuror örinbosari lavozimi kiritildi.
- Vazirlikda alohida yuridik şaxs maqomiga ega bölmagan Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi taşkil etildi.
- 2023 yil 1 dekabrgaça tumanlarda (şaharlarda) atmosfera havosi ifloslanişi fon monitoringini amalga oşiriş uçun avtomatlaşgan kiçik stansiyalar örnatiladi.
- 2025 yil yakunigaça respublika hududi böyiça atmosfera havosining tabiiy ifloslanişi yuqori bölgan hududlarni prognozlaş va aholini barvaqt ogohlantiriş tizimi sinov tariqasida joriy etiladi.
- 2024 yil yakunigaça hududlarni ekologik baholaş böyiça indikatorlar asosida eco-indicator.uz reytingi şakllantiriladi va har bir hududning ekologik pasporti e’lon qilinadi.
- Milliy tabiiy meros obektlari röyxati joriy etiladi.
2024 yildan, jumladan, quyidagilar uçun har yili 500 milliard söm ajratiladi:
- «yaşil belboğ», «yaşil boğ» va «yaşil jamoat park»lar hamda «yaşil qoplamalar» – himoya örmonzorlarini barpo etiş va doimiy foydalanuvçiga topşirilgunga qadar saqlab turiş;
- asosiy temiryöl va magistral avtoyöllar böyida daraxt köçatlarini ekiş;
- har bir tuman va şaharda 5 gektardan kam bölmagan maydonlarda boğlar barpo etiş.
2023 yil yakunigaça har bir davlat taşkiloti va hokimlikning öz boğlari taşkil etiladi hamda 3 yil davomida parvarişlanadi.
2024 yil 1 yanvardan uy şaroitida yoki kasanaçilik asosida daraxt va buta köçatlarini (nihol) yetiştiriş faoliyati özini özi band qilgan şaxslar şuğullanişi mumkin bölgan faoliyat (işlar, xizmatlar) hisoblanadi.

















