Toshkentda yo‘lning qatnov qismida prank uyushtirgan yigitlar 3 sutkaga qamaldi
Chilonzor metro bekati yaqinidagi piyodalar o‘tish yo‘lagining o‘rtasida avtomobillar harakatiga xalaqit qilib, yo‘ldan o‘tayotgan qizga turmushga chiqishni taklif qilgan yigit va bu holatni tasvirga olgan tanishi 3 sutkaga qamaldi.

Foto: Videodan kadr
Toshkent shahri Chilonzor metro bekati oldidagi piyodalar o‘tish joyida yigit qizga turmushga chiqishni taklif qilgani aks etgan video muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Videoda yigit piyodalar o‘tish joyidan o‘tib ketayotgan qizga dastlab gul beradi, keyin yonidan uzuk chiqarib turmushga chiqishni taklif qiladi. Bu orada avtomobillar harakatlanishni boshlaydi va tirbandlik kelib chiqadi.
Toshkent shahar suddari matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, yigit va uni tasvirga olgan tanishi javobgarlikka tortilgan.
2 iyun kuni bo‘lib o‘tgan sudda M.T. (2000 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan) va D.P. (2004 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam ma’muriy javobgarlikka tortilgan) ga oid ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining 2023 yil 2 iyundagi qaroriga ko‘ra M.T. va D.P. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) da nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilib, ushbu kodeksning 32-moddasi (ma’muriy javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlar) 4-qismi tartibida ularning har biriga 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Ushbu qarordan norozi taraflar 20 kun ichida Toshkent shahar sudining apellyatsiya instansiyasiga shikoyat berish va protest bildirishga haqliligi ma’lum qilingan.
- Bundan oldinroq Toshkent shahrida metro ichida ikki yigit notanish qizga shilqimlik qilib, holatni videoga olgani muhokamalarga sabab bo‘lgan, ko‘p o‘tmay ularning har biriga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangandi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya deyarli barcha demografik statistikani maxfiylashtirdi
Jahon | 23:25 / 05.07.2025
-
O‘zbekiston, Ozarboyjon va Qozog‘iston «yashil energiya» yo‘lagi bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi
Iqtisodiyot | 23:07 / 05.07.2025
-
Buyuk Britaniya Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tikladi
Jahon | 22:45 / 05.07.2025
-
Toshkentda tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi
Jamiyat | 22:35 / 05.07.2025
Mavzuga oid

08:10 / 03.07.2024
Toshkent ko‘chalarida katta tezlikda harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi

19:35 / 29.06.2024
Chilonzorcha spektakl: Novza ko‘chasidagi o‘rindiqlar joyiga qaytarildi

16:10 / 29.06.2024
“Mehmonga kelgan” o‘rindiqlar – Chilonzorda odamlar ko‘z o‘ngida ko‘zbo‘yamachilik bo‘lmoqda

11:13 / 06.05.2024