Tirbandliklarni kamaytiriş, harakat tezligi va ötkazuvçanlikni oşiriş maqsadida temiryöl ostidan tunnel ötkaziş işlari 2021 yil dekabr oyidan boşlangan.

Quriliş sabab yöllar bekilişi ortidan mahalliy aholi 15 km masofadan aylanib ötişiga, köpçilik avtomobillarini temiryölning bu tomonida qoldirib, uyiga piyoda borişga odatlanib qolgan.

Quriliş keçikib ketişiga hududdagi “snos” masalalari va boşqa muammolarning hal etilmayotgani sabab ekani aytilgandi.

2022 yil 23 aprelda Toşkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev işlarni tezlaştiriş böyiça Zangiota tumani mutasaddilariga topşiriq bergandi. Uşbu loyihaga quriliş uçun 72,9 mlrd söm ajratilib, jami 23 ta uylar, dökonlar va noturar joy buzilişi közda tutilgandi.

Şundan 6 oy ötgaç, ötgan yilning oktabr oyida Zoyir Mirzayev hududga borib, holatni yana örgandi. Hokim quriliş mas’ullariga 2 smenada işlovçi xodimlar röyxatini şakllantiriş va texnikalarni jalb etiş böyiça topşiriq bergan. 

Keyinroq 2023 yil söngigaça qurib bitkazilişi va’da qilingan köprik, Kun.uz ma’lumotiga köra, şu yilning taxminan 5 iyun sanasida oçilişi va foydalanişga topşirilişi mumkin.