Özbekistonda aholiga kompleks yondaşuv asosida professional ijtimoiy xizmatlar körsatiş tizimini joriy qiliş maqsadida Ijtimoiy himoya milliy agentligi taşkil etildi. 

Agentlikning asosiy vazifalaridan biri oğir ijtimoiy holatga tuşgan va tuşiş xavfi bölgan aholi bilan manzilli işlaşni taşkil qilişdan iborat bölib, aholining 31 ta toifasiga individual yondaşuvga muvofiq ijtimoiy xizmatlarni mahalla darajasida taşkil etadi. 

Agentlik faoliyati 3 ta bosqiçda şakllanişi közda tutilgan.

1-bosqiç. Agentlik tomonidan aholiga quyidagi asosiy ijtimoiy xizmatlar va yordamlar körsatiladi:

- kam ta’minlangan oilalarga hamda mehnatga layoqatsiz aholiga nafaqalar va moddiy yordamlar beriş;

- keksalar va nogironligi bölgan şaxslar hamda mehnat faxriylari uçun sanatoriylar hamda pansionatlarda ijtimoiy xizmatlarni taşkil etiş;

- aholini protez-ortopediya mahsulotlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlaş;

- nogironligi bölgan şaxslarning imtiyozli hamda bepul statsionar davolanişini ta’minlaş;

- nogironligi bölgan şaxslarning yakka tartibdagi reabilitatsiya dasturlarini işlab çiqiş;

- oğir ijtimoiy oilalar bilan işlaş;

- ruhiy-ijtimoiy xizmatlarni körsatiş;

- tazyiq va voyaga yetmagan bolalarga ijtimoiy-huquqiy yordam körsatiş;

- yetim va çin yetimlar bilan manzilli işlaş;

- ehtiyojmand aholi qatlamiga tibbiy, psixologik va boşqa xizmatlarini körsatiş. 

2-bosqiç. Agentlikning 2023 yilgi rejasi va asosiy vazifalari. 

Mehnatga layoqatsiz va yolğiz keksalar, nogironligi bölgan şaxslar hamda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand boşqa toifalariga ijtimoiy xizmat körsatiş tizimini yagona yondaşuv asosida isloh qiliş maqsadida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan joriy yil yakuniga qadar qöyidagi asosiy yönalişlar böyiça işlarni amalga oşirişni maqsad qilib qöygan.