Birlaşgan Arab Amirliklarining Masdar kompaniyasi tomonidan Navoiy viloyatining Tomdi tumanida 500 MVt quvvatli şamol elektr stansiyasini quriş loyihasi doirasida Goldwind (Xitoy) kompaniyasining birinçi turbinasi örnatildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Qayd qilinişiça, uning quvvati 4,7MVt, balandligi 97 metr, parraklarining har biri esa 77 metrni taşkil qiladi. 

Uşbu yirik loyiha doirasida jami 111 ta şamol turbinasi örnatilişi rejalaştirilgan.

Şamol elektr stansiyasining ilk quvvatlari 2023 yil yakunida işga tuşiriladi va u Markaziy Osiyodagi eng yirik stansiya böladi.

Stansiya töliq işga tuşirilgaç, yiliga 1 mlrd 800 mln kVt·soat elektr energiyasi işlab çiqariladi. Buning natijasida yiliga 540 mln kubometr tabiiy gaz tejalişiga erişiladi hamda atmosferaga 720 ming tonna zararli gazlar çiqişining oldi olinadi.