Rossiya Soğliqni saqlaş vazirligining yuqumli kasalliklar böyiça ştatdan taşqari boş mutaxassisi Vladimir Çulanov sönggi yillarda Rossiyada sifilis bilan kasallaniş sezilarli darajada oşganini aytdi. 

Uning sözlariga köra, kasallaniş köpayişining asosiy sabablaridan biri migratsiya oqimining oşişi bilan boğliq. 

Rossiya Soğliqni saqlaş vazirligining dermatovenerologiya va kosmetologiya böyiça boş mustaqil mutaxassisi Nikolay Potekayev bergan ma’lumotlarga köra, Rossiyada sifilis bilan kasallanganlar soni 2018 yilda - 24,5 ming, 2019 yilda - 22 ming, 2020 yilda - 15,3 ming, 2021 yilda - 21,1 ming, 2022 yilda - 27,8 mingni taşkil qilgan. 

Uning sözlariga köra, 2021-2022-yillarda bemorlar sonining oşişi migrantlar oqimining köpayişi bilan boğliq. 

«2021–2022 yillarda Covid-19 pandemiyasining tibbiy va iqtisodiy oqibatlari barham topişi bilan Rossiyaga migratsiya oqimi yana sezilarli darajada oşdi va mamlakatda tibbiy yordam sörab murojaat qilganlar soni ham köpaydi», dedi Potekayev. 

Uning sözlariga köra, bu omillar sifilisni aniqlaşning köpayişiga sabab bölgan. 

Sifilis — tizimli, tanosil, infeksion kasallik bölib, asosan jinsiy yöl orqali yuqadi. Agar sifilis davolanmasa, soğliq bilan boğliq jiddiy muammolarni keltirib çiqarişi mumkin.