Joriy yilning 1-2 iyun kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasida Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti tomonidan ilk bor “Yangi Özbekistonni birgalikda quramiz!” şiori ostida “Sahro sadosi” yoşlar festivali ötkazildi. Mazkur festival mamlakatimiz, şu jumladan, Qoraqalpoğistonning turistik salohiyatini oşirişga ham xizmat qiladi.


“Sahro sadosi” yoşlar festivalini Ellikqal’a tumani hokimi Seydamat Avezov oçib berdi. Şundan söng festival doirasida hokim boşçiligida mahalliy aholi va TDIU vakillari tumandagi Markaziy stadionda “5 ming qadam” loyihasini amalga oşirdi. Bolalar-ösmirlar sport maktabida esa kuraş, suvda futbol, stol tennisi kabi musobaqalar ötkazildi.


1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuni munosabati bilan universitet rahbariyati Ellikqal’ada yagona bölgan oilaviy mehribonlik uyidagi bolalar holidan xabar olib, bayram bilan tabriklab keldi. Festival doirasida Aqçaköl sohilida Amfiteatr oçiliş marosimi bölib ötdi. Unda “Zakovat” intellektual öyini, milliy sport öyinlari, qoraqalpoq milliy taomlari çempionatlari ötkazildi. Bundan taşqari, milliy kuy-qöşiqlar va spektakl talaba yoşlar tomonidan ijro etildi.




Qolaversa, festival doirasida Tuproqqal’ada qoraqalpoğistonlik va TDIU yoşlari örtasida rasm çiziş böyiça körik-tanlov ötkazildi.





















