Razvedka-qöporuvçilik guruhi

«Birorta notaniş belgi körsang, öçirib taşla», deyişgandi Ukraina hokimiyati va jurnalistlari Rossiyaning keng miqyosdagi bosqini boşlangan çoğda öz fuqarolariga. Öşanda Ukraina yöllari, uylarning devori, simyoğoçlarda xoç va boşqa şakldagi turli ranglardagi belgilar paydo bölib qolgan edi.

Ukraina xavfsizlik xizmati öşanda bunday belgilarni Rossiya harbiylarining potensial nişoniga aylanuvçi obektlarni belgilaş uçun qöporuvçilar çizgan bölişi mumkinligini ta’kidlagan edi.

Ukraina yöllaridagi sirli belgi / Foto: Ukraina milliy politsiyasi

2023 yilga kelib diversantlar haqida Rossiyada ham köp gapirila boşladi. Propagandaçilar Belgorod oblastiga kirib kelgan «ukrainalik qöporuvçilar»ning hujumini xavotir bilan muhokama qilib, hattoki Kremlni harakatsizlikda ayblay boşlaşdi. RF tergov qömitasi JKning birvarakayiga oltita moddasi bilan iş qözğadi. Ularning orasida «Qöporuvçilik» (RF JK 281-) moddasi yöq, lekin OAVda hujum qilganlar köproq qöporuvçilar deb atalmoqda.

Sönggi oylarda Rossiya hokimiyati va propagandasi Bryansk oblasti, Qrim köprigi va «Şimoliy oqim»dagi portlatişlar, temiryöllardagi yonğinlar, Vladlen Tatarskiy va Darya Duginaning öldirilişi, uruşga qarşi pozitsiyadagi artistlarning konsertlarini ham diversiya deb atamoqda.

Qrim köprigining portlatilişi / Foto: dailystorm.ru

30 may kuni bir neçta dronlar Moskvadagi uçta köp qavatli turar joy binolariga kelib urildi, yana bir neçtasi Moskva ostonasida urib tuşirildi. Boşqa dronlar hujumi kabi, Rossiya hududida pilotsiz uçar qurilmalarning paydo bölişi ham qöporuvçilarning işi deb ataldi.

Uşbu aksiyalardan ayrimlari uçun javobgarlikni öz zimmasiga olgan «Rus köngillilari koprusi» özini qöporuvçilik-razvedka faoliyati bilan şuğullanuvçi taşkilot deb