2 iyun kuni Hindistonning Odişa ştatida uçta poyezdning töqnaşuvi oqibatida 300 ga yaqin inson halok böldi, mingga yaqini jarohatlandi. Hodisa joyida qutqaruvçilar işlamoqda, qurbonlar soni yanada oşişi mumkin. Jabrlanganlarga yordam beriş uçun 110 ta tez yordam maşinasi yönaltirilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, voqea tezyurar poyezdning 10-12 ta vagoni relsdan çiqib ketişi tufayli sodir bölgan. Vagonlar parallel yölda ketayotgan yuk poyezdiga borib urilgan. Keyin ular bilan yana bir yölovçi poyezdi töqnaşgan.

Odişa ştatida yuz bergan fojia Hindiston tarixidagi texnogen falokatlarning yagonasi emas. Afsuski, bu mamlakatda temiryöl transporti bilan boğliq dahşatli avariyalar muntazam sodir bölib turadi.

Bihar ştatidagi poyezd halokati (Chrontime)

1981 yil iyun. Haddan taşqari töla yölovçi poyezdining yettita vagoni siklon paytida izdan çiqib ketib, daryoga qulaşi oqibatida kamida 800 kişi halok böldi.

1988 yil iyul. Hindiston janubidagi Kuilon yaqinida tezyurar poyezd relsdan çiqib ketdi va kölga quladi. Oqibatda kamida 106 kişi halok böldi.

Uttar-Pradeş ştatidagi poyezd halokati (Getty Images)

1995 yil avgust. Dehlidan 200 km uzoqlikda, Uttar-Pradeş ştatida ikkita poyezdning töqnaşişi oqibatida kamida 350 kişi halok böldi.

Panjob ştatidagi poyezd halokati (Getty Images)

1998 yil noyabr. Panjob ştatida yölovçi va poçta poyezdi töqnaşişi oqibatida 201 odam halok böldi va 230 dan ortiq kişi jarohat oldi.

Ğarbiy Bengaliya ştatidagi poyezd halokati (Getty Images)

1999 yil avgust. Ğarbiy Bengaliya ştatida ikkita poyezd töqnaşib ketdi, kamida 288 kişi halok böldi, 400 dan ortiği jarohatlandi.