Toşkent şahrining Çilonzor tumanida joylaşgan maktablarning birida yuz bergan janjal böyiça jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, 23 may kuni taxminan soat 11:00 larda Çilonzor tumanida joylaşgan maktablardan birining oldida 10-sinf öquvçilari A.X. va D.O‘. şu maktabning 9-sinf öquvçilari Ş.E. va I.T. bilan özaro kelib çiqqan kelişmovçilik sababli janjallaşgan.

Janjal oqibatida Ş.E. va I.T. tan jarohati olib, şifoxonaga yotqizilgan. Ötkazilgan sud-tibbiy ekspertizaning xulosasiga köra, jabrlanuvçilarga soğliqni qisqa muddatga buzilişiga olib kelgan yengil tan jarohati yetkazilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Çilonzor tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 109-moddasi (qasddan badanga yengil şikast yetkaziş) 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov davom etmoqda.