Chery kompaniyasi özining flagman krossoveri Tiggo 9 ni Xitoy bozori uçun sotuvga çiqardi. Işlab çiqaruvçi 30 may kuni yangi model taqdimotini ötkazgandi.

Tiggo 9 5 xil komplektatsiyada xaridorlarga taklif etiladi. Narxlar esa avtomobilning içki va taşqi jihozlanişiga qarab 21 500 dollardan 28 800 dollargaça belgilangan.

Xaridorlar xohişlariga köra, 5 yoki 7 örindiqli komplektatsiyani tanlaşi mumkin. Tiggo 9 Xitoy bozorida Geely Xingyue L, Hongqi HS5 va GAC Trumpchi GS8’ga töğridan töğri raqobatçi bölişi kutilmoqda.

Tiggo 9 yangi Chery T2X Mars arxitekturasi asosida işlab çiqariladi. Avtomobil 20 dyuymlik quyma disklar bilan jihozlangan. Salon qismida ikkita 12,3 dyuymlik ekran va Qualcomm Snapdragon 8155 bir çipli tizimi örnatilgan. Mobil telefonlarni simsiz quvvatlaş funksiyasiga ega.

Şuningdek, top komplektatsiyada proyeksiyali displey, rulni isitiş, haydovçining çarçaganini monitoring qiliş funksiyalari va 12 ta karnaydan iborat Sony audiotizimi mavjud. Bundan taşqari, avtomatik kruiz nazorati va avtomatik parkovka tizimi funksiyalariga ham ega. Örindiqlar teridan tikilgan, isitiş va sovitiş imkoniyati mavjud.

Tiggo 9 2 litr hajmga ega 261 ot kuçini beradigan turbodvigatel bilan jihozlangan, u komplektatsiyasiga qarab, mos ravişda 7 va 8 bosqiçli avtomat uzatmalar qutisi bilan birga işlaydi. Maşinaning maksimal tezligi soatiga 205 kmni taşkil qiladi. Aralaş siklda  (şahar/trassa) 100 kmga 7,7 litr benzin sarflaydi.

Maşinaning uzunligi 4820 mm, eni 1930 mm, böyi esa 1699 mm, ğildiraklar bazasi bölsa 2820 mmni taşkil etadi.