Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Varshavada 1989 yildan beri eng yirik norozilik namoyishi o‘tkazildi
Yarim million kishi Varshava ko‘chalariga chiqib, hukmron o‘ng konservativ “Qonun va adolat” partiyasi siyosatiga qarshi norozilik bildirishdi.
Varshavada 4 iyun, yakshanba kuni yuz minglab odamlar hukmron o‘ng “Qonun va adolat” partiyasi kursiga qarshi namoyish uchun ko‘chalarga chiqdi. Tashkilotchilarning aytishicha, shahar ma’muriyati ishtirokchilar sonini yarim million deb hisoblagan va bu aksiya 1989 yilda kommunizm qulagandan beri eng yirik namoyishga aylangan.
Marsh 1989 yil 4 iyun kuni Polshada birinchi qisman erkin parlament saylovlari o‘tkazilgan sanaga to‘g‘ri keldi. Gazeta Wyborcza ta’kidlaganidek, ko‘plab ishtirokchilar poytaxtga boshqa shaharlardan kelishgan – aksiyada ishtirok etish uchun Varshavaga butun mamlakat bo‘ylab 1000 dan ortiq avtobus yetib kelgan.
“Fuqarolik platformasi” eng yirik muxolifatchi partiyasi rahbari, Yevropa Ittifoqi kengashining sobiq raisi va Polsha muxolifatining amaldagi yetakchisi Donald Tusk marshga chaqirdi. Uning chaqirig‘ini mamlakatdagi boshqa muxolif partiyalar yetakchilari ham qo‘llab-quvvatladi. Aksiyada Polshaning sobiq prezidenti, tinchlik uchun Nobel mukofoti sovrindori Lex Valensa ham ishtirok etdi.
Odamlar "qimmatbaho hayot, firibgarlik va yolg‘onga qarshi, shuningdek, demokratiya, erkin saylovlar va Yevropa Ittifoqi uchun" namoyishga chiqishdi, deya ma’lum qildi tashkilotchilar. Namoyishchilar “Bas!” va “Avtoritar Polshaga yo‘q!” degan bannerlarni ko‘tarib yurishgan.
Polshada parlament saylovlari 2023 yilning kuzida bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
21:10 / 31.05.2026
O‘zbekiston jamoasi futbol bo‘yicha mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib bo‘ldi
09:59 / 24.04.2026
Fransiya yadroviy “soyaboni”ni NATO sharqiy qanotiga kengaytirishi mumkin
23:03 / 14.03.2026
Ispaniyada Yaqin Sharqdagi urushga qarshi namoyishlar o‘tkazildi
00:25 / 26.01.2026