Ukrainada uruşning 467-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:
- «Rus köngillilar korpusi» 4 iyundan buyon Novaya Tavoljankani nazorat qilayotganini ma’lum qildi. Belgorod oblasti gubernatori Vyaçeslav Gladkov rasmiylar qişloqqa «kira olmayotgani»ni aytdi, ammo sababini keltirmadi.
- «Vagner» XHK RF armiyasi ofitserini qölga oldi, uning bölinmasi yollanma jangçilar bölgan avtomobilni öqqa tutgan. XHKdagilar 72-motoöqçilar brigadasi komandiri, podpolkovnik Roman Venevitin «spirtli içimlik ta’sirida bölgani» va şaxsiy ziddiyati tufayli vagnerçilarni öqqa tutişga buyruq berganini ma’lum qildi.
- «Rus köngillilar korpusi» Belgorod oblastiga reyd vaqtida asir olingan rossiyalik harbiylar aks etgani aytilgan videoni namoyiş etdi. «Mojyem ob’yasnit» naşri jurnalistlari asirdagilarning şaxsini aniqladi.
- Rostov, Belgorod va Voronej oblastlarida radioefirda Putinning «umummilliy safarbarlik» va çegara regionlarda harbiy holat joriy etiş haqidagi soxta murojaati translatsiya qilindi. Kremldagilar buni «radioçastotalar buzib kirilgani» bilan izohladi.
- Yevgeniy Prigojin Rossiya kuçlari Baxmut atrofidagi Berxovka qişloği ustidan nazoratni boy berganini ma’lum qildi. 5 iyun kuni Ukraina mudofaa vaziri örinbosari Anna Malyar ham Baxmut yönalişidagi muvaffaqiyatlar haqida xabar berdi. Keyinroq uning sözlari Volodimir Zelenskiy tomonidan tasdiqlandi.
- Donetsk oblasti Toretsk şahrida FAB-250 aviabombalari bilan zarba beriş oqibatida olti kişi yaralangan.
- Rossiyaning Kaluga oblastida M-3 «Ukraina» trassasiga ikki dron kelib quladi. Jabrlanganlar haqida xabar qilinmagan.
Belgorod oblastidagi janglar
Belgorod oblastida may oyi oxirida boşlangan harbiy harakatlar borgan sari şiddatli tus olmoqda. Gubernator Vyaçeslav Gladkov 24 may kuni regionda hududiy mudofaa kuçlarining yettita bataloni tuzilgani va jami uç ming kişini qamrab olgani haqida aytgandi (ammo































