Fransiya prezidenti Emmanuel Makron NATOning Tokioda ofis oçiş haqidagi taklifiga e’tiroz bildirdi, deb yozadi Financial Times. Bu ofis Hind-Tinç okeani mintaqasidagi alyans uçun birinçi bölişi mumkin, ammo Fransiyaning pozitsiyasi NATO doirasida bir neça oy davom etayotgan muhokamalarni murakkablaştirdi, deydi gazetaga vaziyat bilan taniş sakkiz kişi.
AQŞ va Yaponiya Yevropani Osiyo xavfsizligi masalalarida, ayniqsa Xitoyning Tayvan bilan yuzaga kelişi mumkin bölgan mojarosidan xavotirlar fonida, köproq iştirok etişga çaqirmoqda, deb yozadi FT. FT fransuz manbalaridan biri NATO nizomiga köra, alyans öz geografiyasini «Şimoliy Atlantika» bilan çeklaşni talab qilişini bildirdi. Manbaning ta’kidlaşiça, NATOning Tokiodagi vakolatxonasi paydo bölişi Ukrainadagi mojaro, xususan, YeIning Rossiyaga qurol yetkazib bermaslik haqidagi sörovlari nuqtayi nazaridan Xitoyning Yevropaga işonçiga putur yetkazişi mumkin, deb yozadi gazeta. Munozaradan xabardor yana bir manbaning aytişiça, Fransiya «NATO va Xitoy örtasida keskinlikni kuçaytiradigan» har qanday taklifni qöllab-quvvatlamoqçi emas.
Makron ötgan hafta NATO Şimoliy Atlantikadan taşqariga kengaymasligi kerakligini aytdi: «Agar biz NATOni spektr va geografiyani kengaytirişga undasak, katta xatoga yöl qöyamiz», dedi Fransiya prezidenti FT’ga.
NATOning yangi ofisini yaratiş uçun butun Şimoliy Atlantika kengaşining (NATOning asosiy qaror qabul qiluvçi organi) bir ovozdan qöllab-quvvatlaşi talab qilinadi va Fransiya qaror qabul qilinişining oldini oliş imkoniyatiga ega, deb yozadi Financial Times. NATO «davom etayotgan munozaralar» tafsilotlariga izoh berişdan boş tortdi. Yaponiya hukumati FT’ga izoh bermadi. Gazetaga Yaponiyadagi manbaning aytişiça, Tokio NATO bilan aloqalarni mustahkamlaşni xohlaydi. Oq uy ham FT söroviga javob bermadi. NATOning butun dunyoda, jumladan, Ukraina va Moldovada önlab vakolatxonalari va delegatsiyalari bor, biroq ularning aksariyati kiçik bölib, mahalliy hukumatlar va harbiylar bilan aloqalarni osonlaştiriş uçun möljallangan, deya ta’kidladi FT.

















