09:26 / 06.06.2023
7768

O‘zbekiston prezidentining Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimi joriy etildi

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimi joriy etildi. Bu davlat rahbarining "O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonini jadallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorida belgilangan. 

Foto: odnastroka.ru

2023 yilning 1 iyulidan boshlab Jahon savdo tashkiloti qoida va me’yorlariga muvofiq bo‘lmagan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish taqiqlanadi

Adliya vazirligiga milliy qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti bitimlariga uyg‘unlashtirish funksiyasi yuklandi. Buning uchun ilgari maqbullashtirilgan shtat birliklari hisobidan qo‘shimcha 5 shtat birligi ajratiladi.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tuzilmasida maxsus departament hamda yana 20 ta vazirlik va idoralar joriy shtatlari doirasida tegishli bo‘linmalar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

A.Urunov O‘zbekiston prezidentining Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimiga tayinlandi.

Top