Siyosiy muloqot va madaniy-humanitar almaşinuvni yanada rivojlantiriş, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Uçraşuv avvalida Qatar amiri davlat rahbariga taşrif bilan keliş taklifi hamda Qatar delegatsiyasiga körsatilayotgan iliq va samimiy qabul uçun minnatdorlik bildirdi.
Diplomatik munosabatlar tarixida birinçisi bölgan uşbu oliy darajadagi taşrif ikki tomonlama hamkorlikda yangi bosqiçni boşlab berişi hamda uni keng qamrovli şeriklik darajasiga kötarişga xizmat qilişi qayd etildi.
- Biz Qatarni nafaqat Yaqin Şarq mintaqasida, balki butun arab-musulmon olamida özimizning istiqbolli hamkorimiz sifatida bilamiz. Siz bilan sönggi yillardagi muloqotlarimiz bois munosabatlarimizda katta siljiş kuzatilmoqda, - dedi davlat rahbari.

Joriy yilda Toşkent şahrida Qatar elçixonasi oçilgani ikki tomonlama hamkorlikni faol ilgari surişda muhim örin tutgani ta’kidlandi. Qatar tomoni Dohada Özbekiston elçixonasi oçilişi uşbu jarayonga kuçli sur’at bağişlaşiga işonç bildirdi.
Tomonlar özaro savdo körsatkiçlarini oşiriş, qöşma investitsiya loyihalari va savdo şartnomalarini amalga oşirişga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar.
Qatarning yetakçi kompaniyalari energetika, gaz-kimyo sanoati, qişloq xöjaligi, infratuzilma, logistika, turizm va boşqa tarmoqlarda umumiy qiymati 12 milliard dollardan ziyod yirik investitsiya loyihalarini amalga oşirişda iştirok etişi yuzasidan kelişuvga erişildi.
Istiqbolli loyihalarni qöllab-quvvatlaş maqsadida şu yil sentabr oyida Özbekiston-Qatar investitsiya forumini ötkaziş hamda qöşma loyihalarni moliyalaştiriş mexanizmlarini yaratiş masalasini körib çiqiş taklif etildi.
Davlat rahbarlari Markaziy Osiyoni Körfaz mamlakatlari bilan boğlaydigan eng qisqa, işonçli va xavfsiz yölaklarni şakllantiriş muhimligini qayd etdilar.

Madaniyat, ta’lim va turizm sohalaridagi almaşinuvlarni faollaştirişga qaratilgan sa’y-harakatlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaşga, şu jumladan birgalikda madaniyat kunlari, konsert dasturlari, körgazmalar, hunarmandçilik va pazandaçilik namoyişlarini ötkazişga kelişib olindi. Mamlakatlar poytaxtlari örtasida yölga qöyilişi rejalaştirilayotgan muntazam aviaqatnovlar işbilarmonlik aloqalari va özaro sayyohlar oqimining ortişiga xizmat qilişi ta’kidlandi.

















