Surxondaryo viloyatidagi 4R105 «Darband–Boysun–Elbayon» avtomobil yölining 5-70 km (65 km) qismini va 4R100 «Manğuzor–Jarqörğon–Bandixon–Oltinsoy–Denov» avtomobil yölining 128-174 km (46 km) qismini rekonstruksiya qiliş loyihasi amalga oşirilmoqda. Transport vazirligi xabariga köra, loyiha uçun Osiyo taraqqiyot banki (OTB) mablağ ajratgan. Rekonstruksiya qilinadigan avtomobil yölining umumiy uzunligi 111 km.
Mazkur avtomobil yöli rekonstruksiya qilinişi bilan Surxondaryo viloyati hududidan ötuvçi xalqaro ahamiyatdagi M39 va M41 avtomagistrallari qisqa masofada birlaştirilib, Toşkent şahriga qatnovni amalga oşirayotgan xalqaro va mahalliy avtotaşuvçilar uçun mavjud 298 km uzunlikdagi avtomobil yöli 146 km qisqartiriladi.
Loyihaning yakuniga yetkaziş sanasi xabarda körsatilmagan.











