Qabulga oz qoldi

Abituriyentlarni röyxatga oliş 20 iyundan 20 iyulga qadar (şu kuni ham) amalga oşiriladi. Çet tilidan ijodiy imtihon ötkaziladigan yönalişlar uçun qabul 10 iyulda yakunlanadi.

Ijodiy imtihon olinadigan oliy ta’lim muassasalari:

xorijiy tillar böyiça mutaxassislarni tayyorlaşga ixtisoslaşgan:

  • Özbekiston davlat jahon tillari universiteti;
  • Samarqand davlat çet tillar instituti;
  • Toşkent davlat şarqşunoslik universitetining fanlar majmuasiga çet tili birinçi fan sifatida kiritilgan bakalavriat ta’lim yönalişlariga;
  • Toşkent davlat pedagogika universiteti;
  • Qöqon davlat pedagogika instituti;
  • Nukus davlat pedagogika institutining xorijiy tillar böyiça pedagoglarni tayyorlovçi bakalavriat ta’lim yönalişlariga kirişda çet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon ötkaziladi.

Abituriyentlar my.uzbmb.uz va my.gov.uz saytlari orqali röyxatga olinadi.

Röyxatdan ötiş uçun abituriyentlardan faqatgina 2 ta hujjat: biometrik pasport yoki ID-karta va umumiy örta ta’lim olganligini tasdiqlovçi hujjat talab etiladi.

Sertifikatlar haqida

Asosiy testga qadar abituriyentlarda umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat va B2 darajadagi til biliş sertifikatini oliş imkoni bor.

B2 va undan yuqori darajadagi sertifikat çet tili blogidan maksimal ball beradi.

Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat esa eng yuqori ballning 60 foizdan 85 foizigaça töplaganlarga özlaştiriş foiziga mos ravişda uşbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalaştirilgan (proporsional) ball, eng yuqori ballning 86 foizi va undan yuqori ball töplaganlarga uşbu fandan belgilangan maksimal ball