«Şimoliy oqim»dagi diversiyadan uç oy oldin AQŞ prezidenti ma’muriyati yevropalik ittifoqçidan Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni Valeriy Zalujniyning bevosita nazorati ostida Ukraina harbiylari gaz quvurlariga hujum qilişni rejalaştirayotgani haqida ma’lumot olgan, deb xabar berdi The Washington Post (WP) 6 iyun, seşanba kuni Pentagonning yirik miqyosda sizib çiqqan hujjatlariga tayanib.
Uşbu hujjatlarga köra, «Şimoliy oqim»ga hujum Vaşingtonga ma’lum bölgan vaqtda sodir bölmagan, ammo keyinçalik qayd etilgan portlaşlar öz vaqtida kuzatilgan. Hujum rejasining tafsilotlari Yevropa davlatlaridan birining razvedka xizmati tomonidan töplangan va bir yil avval Markaziy razvedka boşqarmasiga topşirilgan. Markaziy razvedka boşqarmasi hujjatni Germaniya va boşqa Yevropa ittifoqçilari bilan bölişgan. Razvedka hisoboti Ukrainadagi manbadan olingan ma’lumotlarga asoslangan. Unda rasmiy Kiyevni «Şimoliy oqim» hujumiga boğlaşi mumkin bölgan eng aniq dalillar mavjud.
Xabarda aytilişiça, operatsiyaga Ukraina Qurolli kuçlari boş qömondoni Valeriy Zalujniy boşçilik qilişi kerak edi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy u haqda bilmagan, bu esa, naşrga köra, Ğarbda ğazabga sabab bölişi va Ukrainani qöllab-quvvatlaşga tahdid solişi mumkin bölgan hujumga Kiyevning aloqadorligini asosli ravişda rad etişga imkon bergan. Bu, ayniqsa, uruşdan oldin tabiiy gazning yarmini Rossiyadan olgan va uzoq vaqt davomida «Şimoliy oqim» loyihasini himoya qilgan Germaniyaga tegişli edi.
WP ma’lumotlariga köra, amaliyot Ğarb davlatlarining 2022 yil iyun oyida Boltiq dengizida bölib ötgan yirik harbiy-dengiz maşğulotlaridan söng darhol amalga oşirilişi rejalaştirilgan edi. Öşa paytda Ğarb razvedkasi işongan ukrainalik manbaga köra, soxta pasportga ega olti Ukraina maxsus kuçlari vakili manziliga yetib boriş uçun yaxtani ijaraga olib, keyin şönğiş uskunalari bilan gaz quvuri tubiga yetib borib, uni minalab qöyişi kerak edi. Ammo yakunda noaniq sabablarga köra operatsiya sentabr oyigaça «töxtatildi».

















