Kaxovka GES to‘g‘oni buzilishi oqibatida Xersonning bir qismini suv bosgan. Ukraina Rossiya qo‘shinini to‘g‘onni portlatishda ayblamoqda. Rossiya esa  GES ukrainlar tomonidan o‘qqa tutilganini aytmoqda. Bundan tashqari, to‘g‘on zarur texnik ko‘rsatilmagani tufayli o‘zi buzilgani haqida versiya ham mavjud.
Libkos / AP / Scanpix / LETA

6 iyun tongida Xerson oblastining Nova Kaxovka shahri yaqinida (Rossiya tomonidan okkupatsiya qilingan) Kaxovka GES to‘g‘oni buzilib ketdi — Kaxovka suv omboridagi suv Dniproning quyi oqimiga nazoratsiz quyila boshlandi.

Shaharning Kreml tomonidan tayinlangan «meri» Vladimir Leontev avvaliga to‘g‘on vayron bo‘lgani haqidagi ma’lumotni rad etdi, ammo keyin uning ma’muriyati go‘yoki Ukraina qurolli kuchlari tomonidan yo‘llangan tungi zarbalar oqibatida stansiyaning bir qismi vayron bo‘lganini tasdiqladi. Leontev ham, Ukrainaning «Ukrgidroenergo» kompaniyasi ham Kaxovka GESni tiklab bo‘lmasligini ma’lum qilgan.

Kiyev hodisada Rossiyani aybladi: Volodimir Zelenskiy keltirgan versiyaga ko‘ra, «konstruksiya ichkaridan portlatilgan». Rossiya tomoni GES vayron bo‘lishi «Ukraina tomonining qasddan sodir etilgan diversiyasi» oqibati bo‘lib, bundan maqsad — Qrimni suvdan mahrum etish ekanini ma’lum qildi. Vladimir Leontev Qrimga suv yetkazishda muammo bo‘lmasligini, Qrimning Rossiya tomonidan tayinlangan rahbari Sergey Aksenov — Qrimdagi «suv ombori avvallari 15-20 foizga to‘ldirilgan bo‘lsa, ayni vaqtda 80 foizga to‘lgan holatda» ekanini aytdi. Shu bilan birga, u Shimoliy Qrim kanali qurib qolishi xavfi mavjudligini qayd etdi.

GESdan taxminan besh kilometr janubda joylashgan Nova Kaxovka shahri amalda suv ostida qoldi — Vladimir Leontevga ko‘ra, shaharda suv sathi 10-12 metrga ko‘tarilgan. Shuningdek RF okkupatsiyasi ostidagi, Nova Kaxovkadan taxminan 60 kilometr masofadagi Oleshki shahri butunlay suv ostida qolgan. Shuningdek, yana bir qancha shahar va qishloqlarni qisman suv