Toşkent şahrining Yangihayot tumanidagi bolalar boğçasida tarbiyalanuvçilar oyoğiga igna tiqilgani holati yuzasidan sud hukmi çiqarildi.

Jinoyat işlari böyiça Yangihayot tuman sudining cayyor majlisida S.E. (1989 yilda Toşkent viloyatida tuğilgan, tarbiyaçi) va M.R. (2003 yilda Toşkent şahrida tuğilgan, kollej talabasi)ga oid ma’muriy huquqbuzarlik töğrisidagi iş körib çiqildi. 

Sudning 2023 yil 8 iyundagi qarori bilan köra ikki nafar şaxs Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 52-moddasi (yengil tan jarohati yetkaziş) 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilib, ularning har biriga BHM 4 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Sud tomonidan Toşkent şahar maktabgaça va maktab ta’limi boş boşqarmasi boşliğiga sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik yuzasidan mehnat munosabatlaridan kelib çiqib, rasmiy munosabat bildiriş va tegişli çora-tadbirlar belgilaş hamda huquqbuzarlik sodir etilişiga imkon bergan şart-şaroitlar yuzasidan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 313-moddasi tartibida taqdimnoma ham çiqarilgan. 

Yangihayot tumanidagi 122-DMTT mutasaddilariga röyxatdan ötmasdan turib, tarbiyalanuvçilarni qabul qilinganlik holati va ular uçun tölovlar amalga oşirilganligini tekşirib, qonuniy baho beriş maqsadida Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 278-moddasi tartibida Yangihayot tuman prokuroriga xabarnoma yuborilgan.

Bundan oldin ijtimoiy tarmoqlarda Yangihayot tumani 122-boğçada bolalarni uxlamagani uçun oyoqlariga igna tiqişayotgani aytilgan video-xabar tarqalgandi.

Boğçadagi guruhlardan biridagi tarbiyalanuvçilar uxlamaganligi sababli 2-3 nafariga igna tiqib olinganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tuman IIO FMB tomonidan suriştiruv işlari olib borilgan.