Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti Siril Ramafosa Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qönğiroq qilib, Afrika davlatlari rahbarlarining Ukrainadagi vaziyatni tinç yöl bilan tartibga soliş böyiça rejalaştirilgan taşabbusi haqida xabardor qildi, deb xabar berdi 8 iyun, payşanba kuni JAR prezidenti matbuot xizmati. Putin Afrika davlatlaridan delegatsiyani qabul qilişga tayyorligini bildirdi.
Bir kun avval Ramafosa vakili Afrika delegatsiyasining Moskvaga taşrifi sanasi hali belgilanmaganini aytdi. May oyida u Afrika delegatsiyasi iyun oyida Ukraina va Rossiyaga taşrif buyurişni rejalaştirayotganini, u ikki tomonni harbiy harakatlarni töxtatiş zarurligiga işontirişga harakat qilişini aytdi.
Iyul oyi oxirida Sankt-Peterburgda Rossiya-Afrika sammiti bölib ötişi rejalaştirilgan. Ramafosa va Putin örtasidagi telefon suhbatida uşbu sammitni ötkaziş ham mavzulardan biri böldi, dedi JAR prezidenti vakili.
Sönggi paytlarda bir qança davlatlar, şuningdek, Rim papasi Fransisk Ukrainadagi vaziyatni tinç yöl bilan hal qiliş taşabbuslari bilan çiqdi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy esa Rossiya bilan tinçlik faqat Kiyev şartlariga köra bölişi mumkinligini, jumladan, Rossiya qöşinlari Ukrainadan töliq olib çiqilişi lozimligini ta’kidladi.


















