"Turizm transport koridori böylab zamonaviy karvonsaroylarni taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida"gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

Madaniyat va turizm vazirligi hamda Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi tomonidan Turizm transport koridori böylab quriladigan zamonaviy karvonsaroy namunaviy loyihasi işlab çiqilgan va Vazirlar Mahkamasida taqdimoti ötkazilgan.

Quyidagilar belgilanadi:

  • namunaviy loyihada körsatilgan karvonsaroy tarkibidagi elementlar (xonalar, avtoturargoh va boşqalar) quriladigan har bir karvonsaroyda nazarda tutilişi majburiydir;
  • karvonsaroy tarkibidagi elementlarning maydoni, balandligi va qavatlar soni muayyan hududdagi şaharsozlik vaziyatga muvofiq yonğin xavfsizligi va sanitariya talablariga rioya etgan holda obekt buyurtmaçisining istagiga köra özgartirilişi mumkin;
  • namunaviy loyihani muayyan yer uçastkasiga boğlaşda yer uçastkasining şakli va relefi xususiyatlari hamda taşqi muhandislik kommunikatsiyalari tarmoqlari trassalari yönalişiga köra karvonsaroy elementlarining bir-biriga nisbatan joylaşuvini özgartirişga ruxsat etiladi;
  • har bir karvonsaroyning arxitekturasini tegişli hududning me’moriy, tarixiy, geografik, madaniy xususiyatlariga muvofiq alohida loyihalaştiriladi.

Turizm transport koridori böylab quriladigan zamonaviy karvonsaroylarning manzilli röyxati tasdiqlanadi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Avtomobil yöllari qömitasi, Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi hamda viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda Manzilli röyxatda körsatilgan karvonsaroylar qurilişi uçun turizm transport koridori böydagi taşqi muhandislik kommunikatsiyalarga yaqin böş yer uçastkalari röyxatini tuzadi va ularda karvonsaroylarni joylaştiriş takliflar işlab çiqilişini taşkil etiş uçun Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligiga kiritadi.

Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi Madaniyat va turizm vazirligi hamda Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari bilan birgalikda nazarda tutilgan böş yer uçastkalarida karvonsaroylarni joylaştiriş takliflari taqdimotini Mamlakatning turizm sohasini rivojlantiriş böyiça respublika işçi guruhida ötkazadi.

Davlat aktivlarini boşqariş agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari bilan birgalikda nazarda tutilgan yer uçastkalarni tadbirkorlik sub’yektlariga elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya etilişini ta’minlaydi.