“Özgidromet” xabariga köra, ikki kun davomida Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo harorati +7...+10 darajaga pasaydi va kunduzi +30...+35 darajani taşkil etdi.

Bugun Buxoro, Navoiy viloyatlarida, şanba va yakşanba kunlari markaziy, janubiy va şarqiy viloyatlarda issiq biroz pasayadi. Biroq, respublika hududining katta qismida haroratning pasayişi şimoliy hududlardek sezilmaydi. Kunduzgi harorat +33...+38 darajagaça pasayadi.

Bugun va dam oliş kunlari respublika böyiça quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat toğli hududlarda şanba va yakşanba kunlari qisqa muddatli yomğir yoğişi va momaqaldiroq bölişi mumkin.

9-11 iyun kunlari respublika böyiça ba’zi joylarda şamol tezligi 17-22 m/s gaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözon bilan kuzatilişi mumkin.

Poytaxtda 9-11 iyun kunlari havo biroz bulutli böladi, vaqti-vaqti bilan özgarib turadi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şarqiy şamol yönalişini özgartirib, ğarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 9-10 iyunda 12-15 m/s gaça kuçayişi mumkin. Harorat bugun kunduzi +38...+40 daraja, dam oliş kunlari +36...+38 daraja böladi.

Haroratning pasayişi uzoq davom etmaydi. Keyingi haftada harorat foni avvalgi +35...+40 daraja, şimolda, janubda va çöl hududlarda +41...+42 darajagaça bölgan qiymatlarga qaytadi.