2023 yilda suğoriladigan maydonlarning har gektaridan örtaça 2,5 tonnadan, jami 2 mln 565 ming tonna buğdoy, jumladan:
1 mln 283 ming tonna tovar buğdoy davlat resursi sifatida hamda 240 ming 450 tonna uruğlik buğdoy Qişloq xöjaligini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş jamğarmasi mablağlari hisobidan xarid qilinadi;
1 mln 41,55 ming tonna tovar buğdoy buğdoy yetiştiruvçilar tomonidan keyinçalik birja savdolari orqali sotiş uçun Jamğarmaning tijorat vakilida vaqtinça saqlaşga qabul qilinadi.
“Özdonmahsulot” AK tizimidagi korxonalar va buğdoyni saqlaş quvvatiga ega bölgan xöjalik yurituvçi sub’yektlar Jamğarma nomidan buğdoy yetiştiruvçilardan tovar buğdoyni sotib oliş, qabul qiliş va saqlaş, şuningdek, xaridorlarga yuklab jönatiş işlarini amalga oşiriş böyiça tijorat vakili hisoblanadi.
Hujjat bilan davlat resursi sifatida xarid qilinadigan buğdoy uçun tölovni örnatiş mexanizmlari belgilandi.
Şuningdek, quyidagi qoidalarni belgilaydigan Içki bozorda buğdoy narxi barqarorligini saqlaş uçun buğdoyni xarid qiliş va birja savdolari orqali sotiş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi:
- Jamğarmaning tijorat vakilini tanlab oliş;
- Jamğarma bilan tijorat vakili örtasidagi munosabatlar;
- buğdoy yetiştiruvçilardan buğdoyni xarid qiliş;
- davlat resursi sifatida xarid qilingan buğdoyni tijorat vakili tomonidan saqlaş;
- buğdoyni birja savdolarida sotiş.

















