Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Italiyaga rasmiy taşrifining işbilarmonlik dasturi doirasida Milan şahrida ötayotgan «ITMA 2023» töqimaçilik maşinasozligi xalqaro körgazmasi bilan tanişdi. 

Davlat rahbariga Lombardiya viloyati gubernatori Attilio Fontana va körgazma taşkilotçisi – «Sematex» agentligi rahbari Ernesto Maurer hamrohlik qildi. 

«ITMA 2023» - tört yilda bir marta ötkaziladigan töqimaçilik va tikuvçilik texnologiyalariga bağişlangan dunyodagi eng yirik körgazma. Joriy yilda körgazmada 47 mamlakatdan 1700 vakil hamda turli davlatlardan 100 mingga yaqin mehmon iştirok etmoqda. 

Prezident yigiriş va töqiş uskunalarini işlab çiqarişda dunyoda yetakçi bölgan ITEMA (Italiya), Stäubli Group (Şveytsariya), Picanol, Vandewiele (Belgiya) va boşqa kompaniyalarning stendlarini közdan keçirdi. 

Taşrif çoğida Şavkat Mirziyoyev kompaniyalar rahbarlari bilan muloqot qildi, yangi texnologik yeçimlarning taqdimotlari bilan tanişdi. 

Özbekistonda töqimaçilikni rivojlantiriş böyiça qöşma dasturlarni yölga qöyiş, yangi kooperatsiya loyihalarini amalga oşiriş, töquv uskunalari va ularning ehtiyot qismlarini mahalliylaştiriş, kompaniyalarning vakolatxonalari va dastgohlarga xizmat körsatiş markazlarini oçiş, texnologlarni tayyorlaş dasturini işlab çiqiş, fan va zamonaviy texnologiyalar borasida hamkorlik örnatiş va boşqa taşabbuslar muhokama qilindi.

Tanişuv yakunida mutasaddi rahbarlarga Özbekistonda uskunalarni mahalliylaştiriş, işlab çiqariş quvvatlarini relokatsiya qiliş va öquv dasturlarini amalga oşiriş imkoniyatlarini örganiş topşirildi.