Aniq aytiş mumkinki, Ukraina qarşi hujumi boşlandi. Strategik zaxiralardan foydalaniş boşlangani ham bundan dalolat bermoqda, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin. 

Ukraina qöşinlari heç qaysi hududda öz maqsadlariga erişa olmadi, biroq Ukraina Qurolli Kuçlarining hujum salohiyati hali saqlanib qolmoqda. Rossiyada hamon zamonaviy qurollar yetişmaydi, ammo harbiy-sanoat kompleksi jadal rivojlanmoqda, unga yuklangan barça vazifalar bajariladi, dedi Putin. 

Uning ta’kidlaşiça, sönggi kunlarda Ukraina harbiylari orasida yöqotişlar keskin oşgan. 

Avvalroq, Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Şoygu Ukraina qarşi hujumi boşlanganini ma’lum qilgandi. 6 iyun kuni u «duşman hujumini qaytariş jarayonida» 71 nafar rossiyalik harbiy halok bölgani haqida xabar berdi. 8 iyun kuni esa Ukraina Zaporijjya yönalişi böyiça Rossiya mudofaasini yorib ötişga harakat qilganini, «ikki soatlik jang»dan keyin duşman töxtatilganini aytdi. Bundan taşqari, 8 iyun kuni Şoygu sanoatdan uruş zonasiga barça turdagi harbiy texnikani yetkazib berişni tezlaştirişni söradi. 

Ukraina rasmiylari hujum boşlanganini rasman e’lon qilmadi. Biroq, ğarb naşrlari, jumladan, ABC News va The Washington Post öz manbalariga tayanib, Ukraina qarşi hujumi boşlangani haqida yozdi. 

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy avvalroq harbiy harakatlarni boşlaş jadvali tasdiqlangani va «barça qarorlar qabul qilinganini» aytgan edi.