Germaniya kansleri tez orada Rossiya prezidenti bilan gaplaşiş niyatida ekanini aytdi. Olaf Şols tinçlik muzokaralariga qarşi emas, masala kim bilan va nima haqida muzokara olib borişda, dedi u.
Germaniya kansleri Olaf Şols Rossiya prezidenti bilan aloqalarni uziş niyatida emas. 10 iyun, şanba kuni Nyurnbergda çiqiş qilib, u Ukrainada uruş boşlanganidan keyin ham Vladimir Putin bilan gaplaşganini aytdi va «yaqin kelajakda yana buni qilmoqçi ekanini» bildirdi.
Germaniya hukumati rahbarining sözlariga köra, Rossiya qöşinlarining Ukrainadan olib çiqilişi «adolatli tinçlik»ka erişişning zaruriy şarti ekanligini tuşuniş kerak.
«Muzokaralar normal holat. Masala kim bilan va nima haqida muzokara olib borişda», dedi Olaf Şols.
Şols Rossiyaning Ukrainaga qarşi tajovuzkor uruşi boşlanganidan beri öz siyosatining tamoyillarini yana bir bor oçiqladi. Xususan, uruş avj olişining oldini oliş kerak. Bundan taşqari, barça harakatlar şeriklar bilan kelişilgan bölişi lozim. Germaniya kansleri Yevropadagi çegaralarni kuç bilan özgartirmaslik kerakligini ta’kidladi.

















