Toşkent şahar Uçtepa tumanidagi 62-sonli maktabning informatika fani öqituvçisi 8 iyun kuni maktab öquvçisi va uning oila a’zolari tomonidan kaltaklangan.

Janjal oqibatida jarohatlangan öqituvçi «tez yordam» maşinasida şifoxonaga olib ketilgan. Kun.uz holatga aniqlik kiritiş maqsadida maktab rahbariyati va Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi mas’ullari bilan boğlandi.

Aniqlanişiça, kelişmovçilik dastlab öquvçilarning öqituvçiga qilgan behurmatligi oqibatida yuzaga kelgan. Jumladan, şu yilning 8 iyun kuni informatika fani öqituvçisi S.B. taxminan soat 16:00 larda maktab oldidagi dökondan suv olib uyiga ketayotgan vaqtida şu maktabning 9-sinf öquvçilari tomonidan uyatsiz sözlar bilan haqoratlangan. Öqituvçi esa öquvçilar oldiga kelgan va haqoratlagan öquvçini tartibga çaqiriş maqsadida uni maktab binosi içiga olib kirgan. Maktab binosida ötgan suhbatda S.B. öquvçining böyin sohasi orqa tomonidan uşlab tartibga çaqirgan, tinçlantirmoqçi bölgan.

Öquvçi S.S. esa voqeadan keyin uyiga borib, akasi, ya’ni şu maktabning 10-sinf öquvçisi S.S.ni çaqirib keladi. Aka-uka maktabga kelarkan, u yerda bölib turgan öqituvçini ura ketgan. Oqibatda, öqituvçi yuz qismidan tan jarohatlari olgan.

Ammo kelişmovçilik şu bilan tugamagan. Voqeadan biroz ötib, öquvçilarning janjaldan xabar topgan ota-onasi ham maktabga keladi va öqituvçini haqoratlab, maktab mulki bölgan eşik oynalarini sindirib taşlaydi.

Voqea yuz bergan vaqtda öqituvçilar tomonidan tez yordam çaqirtirilib, yordam körsatiş maqsadida öqituvçi S.B. 16-markaziy kasalxonaga olib ketilgan.

Kun.uz’ning voqea yuzasidan qilgan söroviga javoban Maktabgaça va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ham munosabat bildirdi. Jumladan, vazirlik matbuot xizmatining vazir munosabati, deya taqdim etgan izohida aytilişiça, ayni paytda holat yuzasidan IIB suriştiruv işlarini olib bormoqda.

“Holatni şaxsan özim nazoratga oldim. Aybdorlarning qilmişiga yaraşa jazo olişi böyiça çora körilişi ta’minlanadi.  

Maktab va öqituvçiga nisbatan bunday munosabatda bölinişiga yöl qöymaymiz”, – deyiladi vazir munosabatida.