Toşkent şahri, Mirzo Uluğbek tumanida joylaşgan Navröz dehqon bozorida elektr energiyasidan noqonuniy foydalaniş holati foş etildi.

Energetika vazirligi xabariga köra, «Özenergoinspeksiya» va huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan birgalikda ötkazilgan nazorat tadbirida bozor ma’muriyati oylik hisobotlarda ölçov tizimidagi tok transformatorining haqiqiy koeffitsiyentini kamaytirib körsatgani ma’lum bölgan. Oqibatda, elektr ta’minoti korxonasiga 1 mlrd sömdan ortiq zarar yetkazilgan.

Qoidabuzar iste’molçiga nisbatan belgilangan tartibda çoralar körilgan, tegişli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvçi organlarga taqdim etilgan.