Liberal-demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Şavkat Mirziyoyev qoraqalpoğistonlik saylovçilar bilan uçraşuv ötkazmoqda. U ötgan yillar davomida qilingan işlar va oldindagi rejalar haqida töxtalib ötdi.

Davlat rahbarining sözlariga köra, oxirgi yillarda:

  • Qoraqalpoğistonda 51 ming oilaning uy-joy şaroiti yaxşilandi;
  • aholini içimlik suvi bilan ta’minlaş darajasini 71 foizga yetdi;
  • Orol dengizining qurigan hududi örnida 1 million 800 ming gektar yaşil örmonzor barpo etildi;
  • boğçalar qamrovi 28 foizdan 81 foizga, ularning soni esa 317 tadan 1 ming 600 taga köpaydi;
  • 172 ta maktab mukammal ta’mirlangani, 104 ta maktabda qöşimça binolar barpo etilgani hisobiga, 118 mingta yangi öquvçi örni yaratildi;
  • Qoraqalpoğistondagi oliygohlar soni 2 barobar köpayib, 12 taga yetdi;
  • oliygohlarga qabullar soni esa 3,5 marta oşib, qamrov 19 foizdan 46 foizga ösdi. Hozirgi vaqtda bu yerda 58 ming talaba tahsil olmoqda.

“Albatta, qilingan işlar haqida köp gapiriş mumkin, lekin islohotlarimiz natijasiga baho beradigan eng xolis hakam, bu – xalqimiz”, – dedi prezidentlikka nomzod.

Şavkat Mirziyoyevning aytişiça, Qoraqalpoğistonda 160 ta yangi boğça quriladi va ta’mirlanadi, 2 mingta xususiy boğça taşkil qilinadi.

“Biz kelgusi 7 yilda qöşimça 100 ming yangi öquvçi örni yaratamiz. Bunda, 30 ta yangi maktab va 150 ta maktab uçun qöşimça bino quriladi, 350 tasi ta’mirlanadi.

Ixtisoslaşgan maktablar soni esa, 2 karra oşirilib, 32 taga yetkaziladi. Natijada, Qoraqalpoğistondagi maktablarda 30-35 nafardan ortiq bola öqiydigan sinflar umuman bölmaydi.

Biz 1-4– sinf öquvçilariga bepul ovqat berişni Qoraqalpoğistondan boşlagan edik. Endi, olis va çekka ovullardagi bolajonlarimizning maktabga borişi uçun avtobus qatnovini ham, birinçi bölib şu zamindan boşlaymiz”, – dedi Mirziyoyev.