Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi Qirğizistonning Özbekiston bilan davlat çegarasini noqonuniy kesib ötiş kanalini aniqladi. Bu haqda Milliy xavfsizlik davlat qömitasiga tayanib Kaktus.media xabar berdi.

Qayd etilişiça, 3 iyun kuni Milliy xavfsizlik davlat qömitasi xodimlari çegara xizmati bilan birgalikda Qora-Suv viloyatidagi «Qum» çegara uçastkasida tört nafar Bangladeş fuqarosi va Özbekiston fuqarosi uşlangan. Ular noqonuniy ravişda Özbekistonga ötişga uringan.

Bundan taşqari, çet el fuqarolariga çegarani noqonuniy kesib ötişda vositaçilik xizmati körsatgan, 1994 yilda tuğilgan Özbekiston fuqarosi ham qölga olingan.

Hozirda jinoyatga aloqador boşqa şaxslarni qidiriş işlari olib borilmoqda.