May oyi boşida Özbekiston fuqarosi Akbar Maşaripov Turkmanistonning «Doşöğiz» nazorat-ötkaziş punktida qölga olingan. Uning yuk maşinasidan kontrabanda sigaretalarning katta partiyasi topilgan. Bu haqda Turkmen.news xabar berdi.
28 yoşli Maşaripov 110 quti sigareta bilan uşlangan. Uning yuk maşinasi ham, tovarlar ham musodara qilingan.
Maşaripovning Toşkentdagi ota-onasi unga advokat yollagan, biroq himoyaçi u bilan boğlana olmayapti. Ota-onasi ham Turkmanistonga borolmaydi: ularga viza berilmayapti.
Turkmanistonda davlat 2025 yilgaça çekişdan butunlay voz keçiş strategiyasiga amal qilmoqda. Mamlakatda sigaretaning bir qutisi qiymati 3 AQŞ dollaridan oşadi. Mahsulot asosan Özbekiston, Eron, Turkiya va Qozoğistondan savdogarlar tomonidan olib kiriladi.
Turkmanistonda sigareta kontrabandasi uçun qamoq jazosi xorijliklar uçun ğayrioddiy hol emas. 2015-2016 yillarda qozoğistonlik yuk taşuvçi Erik Supuşev şunday ayblov bilan bir yil qamoqda ötirgan. Ozodlikka çiqib, vataniga deportatsiya qilinganidan söng u turkman koloniyalarida mahbuslarning huquqlari qanday poymol etilayotgani haqida gapirib bergan edi.

















