«Ma’muriy islohotlar doirasida transport sohasida davlat boşqaruvini samarali taşkil qiliş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident farmoni qabul qilindi. 

Unga köra, Transport vazirligi huzurida quyidagilar taşkil etildi:

- Transport nazorati inspeksiyasi;

- Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş instituti;

- Özbekiston Respublikasi tranzit salohiyatini rivojlantiriş idoralararo kengaşi. 

Transport nazorati inspeksiyasi avtomobil, temiryöl, suv, elektr transporti, metropoliten va yöl xöjaligi sohalarida nazorat funksiyalarini amalga oşiruvçi respublika ijro etuvçi hokimiyat organi hisoblanadi. 

Transport nazorati inspeksiyasiga öz vazifalarini amalga oşirişi uçun quyidagi vakolatlar beriladi: 

- avtomobilda yuk va yölovçi taşiş, temiryöl, suv, elektr transporti, metropoliten hamda yöl xöjaligi sohasida ma’muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni körib çiqiş va ma’muriy jazo çoralarini qöllaş; 

- avtotransport vositasida yuk va yölovçilar taşiş qoidalarining buzilişi vizual kuzatuv yoki maxsus moslama yordamida aniqlanganda, avtotransport vositasini yuk va yölovçi taşişni nazorat qiliş böyiça statsionar va mobil postlarda tekşiriş uçun töxtatiş. 

Özbekistonning Xitoy, Qozoğiston, Ozarboyjon, Eron va Latviyadagi elçixonalarida transport masalalari böyiça maslahatçi lavozimi joriy etiladi. 

2023 yil 1 sentabrgaça jamoat transportida taşiş sifatini yaxşilaş va xizmatlar jozibadorligini oşiriş hamda soğlom raqobat muhitini şakllantiriş maqsadida taşuvçilar reytingini joriy etiş yuzasidan qaror loyihasi işlab çiqiladi.