Vodiy aholisining uzoğini yaqin qiliş maqsadida «Andijon–Farğona–Qöqon–Namangan–Andijon» temiryöl halqasi böylab 4 ta elektropoyezd harakati yölga qöyiladi. Natijada, kuniga 8 ta qatnov taşkil etilib, 10 mingga yaqin yölovçi taşiladi. Bunga, 40 million dollar jalb qilinadi. Bu haqda prezidentlikka nomzod Şavkat Mirziyoyev andijonlik saylovçilar bilan uçraşuvida e’lon qildi. Uning sözlaridan Kun.uz muxbiri iqtiboslar keltirdi.
«Şu yil oxirigaça Jahon banki bilan birga «Toşkent – Andijon» muqobil pulli avtomobil yölini quriş böyiça 2,5 milliard dollarlik mega loyiha boşlanadi. Loyihani amalga oşiriş natijasida Andijondan Toşkent şahriga boriş vaqti hozirgi 5 soatdan 3 soatga qisqaradi», dedi Şavkat Mirziyoyev.
Andijon xalqaro aeroporti ham zamonaviy standartlar asosida töliq ta’mirlanadi va bu işlarga 350 million dollar yönaltiriladi.
Şu bilan birga, 2030 yilga qadar 427 ta mahallada 600 ming aholi markazlaşgan içimlik suv bilan ta’minlanadi hamda 1 million aholi uçun suv ta’minoti yaxşilanadi.
Andijon, Xonobod va Qorasuv şaharlari, Qörğontepa, Jalaquduq, Andijon, Asaka va Oltinköl tumanlaridagi 510 ming aholining suv ta’minotini yaxşilaş uçun, «Xonobod-Andijon» magistral suv quvurining ikkinçi tarmoği quriladi. Bunga 35 million dollar investitsiya jalb qilinadi.
«Umuman, viloyatda markazlaşgan içimlik suvi qamrovini hozirgi 87 foizdan 97 foizga yetkazamiz», dedi nomzod.

















