Oçiliş marosimida Andijon viloyati hokimi Ş. Abdurahmanov, viloyat hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş, erkin iqtisodiy va kiçik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari B. Xamrayev, «Özbekgidroenergo» AJ Boşqaruvi raisi A. Sanginov hamda mas’ul rahbarlar, mahalliy xususiy sektor vakillari – tadbirkorlar, mahalla faollari hamda OAV vakillari iştirok etdi.

Aytiş lozimki, yangi istiqbolli loyihalar işga tuşirilişi natijasida mamlakatimiz gidroenergetika salohiyati yanada ortadi hamda toza va arzon yaşil elektr energiya manbasini işlab çiqariş keskin oşiriladi. Şu maqsadda, “Özbekgidroenergo” AJ tomonidan respublika böylab jami 250 ta umumiy quvvati 125 MVt, örtaça yillik işlab çiqarişi 675 mln.kVt.soat bölgan mikro GES loyihalarining manzilli röyxati şakllantirildi.

Bugun ana şu manzilli röyxati şakllantirilgan Andijon tumanining Zavroq mahallasi kanalining birinçi piketida quvvati 200 kVt, yillik işlab çiqariş quvvati 1,2 mln.kVt.soat bölgan Zavroq mikro GES işga tuşirildi. Uşbu loyihani işga tuşiriş, kelgusida Andijon tumanining 300 ta xonadonini yoki 1 200 nafar aholisini ekologik toza elektr energiya manbai bilan ta’minlaş imkonini beradi.

Loyihaning umumiy qiymati 3,4 mlrd.sömni, xususan asbob-uskunalar 1,9 mlrd.sömni, quriliş-montaj işlari 1,5 mlrd.sömni, şundan 220 mln. söm quvvatni tarmoqqa uzatiş xarajatlarini taşkil etdi. Loyihaning özini iqtisodiy jihatdan qoplaş muddati 4,4 yilni taşkil etadi.

Şuningdek, Andijon viloyati Oltinköl tumani Uluğnor kanalining sakson beşinçi piketida yangi çarxpalak tipidagi mikro GESi ham yangi quvvatda işga tuşirildi. Quvvati 50 kVt, yillik işlab çiqariş quvvati 360 ming. kVt.soatni taşkil etgan mazkur mikro GES 150 ta xonadonni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlaş imkoniyatiga ega.

Ahamiyatli jihati, loyiha doirasidagi loyihalaştiriş, quriliş hamda uskunalarni örnatiş işlari nisbatan qisqa vaqt oraliğida, ya’ni, 2 oyda amalga oşirilişiga muvaffaq bölindi.