Ularning sözlariga köra, Amerika yetakçisi Ukrainaning NATOga a’zo böliş böyiça harakatlar rejasidan taşqari alyansga qabul qilinişini ma’qullaşga tayyor, u nomzod davlat a’zo bölişdan oldin alyans kömagida zarur islohotlarni amalga oşirişi kerakligini körsatadi.
«Uşbu talablarsiz Ukraina hali ham demokratiya yölida qandaydir özgarişlar qilişi kerak böladi, biroq alyans a’zolari şundan söng istalgan vaqtda Kiyevni bir ovozdan öz klubiga qabul qilişlari mumkin», deb yozadi gazeta.
NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg şu hafta boşida Vaşingtonga safari çoğida Bayden bilan bu ğoyani muhokama qilgan, deya xabar beradi manbalar. «Prezident agar boşqa ittifoqçilar rejani qöllab-quvvatlasa, u bu ğoyaga oçiq ekanini aytdi», — dedi manbalardan biri.
Qayd etilişiça, Ukraina nomzodiga bunday yondaşuv haqida rasmiy bayonot NATOning iyul oyida Vilnyusda bölib ötadigan sammitida e’lon qilinişi mumkin.
«Biz NATOdagi ittifoqçilarimiz bilan bu taklif konsensusga erişişga yordam bera oladimi yoki yöqmi, şuni aniqlaş uçun işlayapmiz», dedi Politico naşriga AQŞ rasmiysi.

















