Oliy Majlis Senatida Sirdaryo viloyatidan böşab qolgan örin uçun saylov bölib ötdi.
Saylov natijalariga köra Sirdaryo viloyati hokimi Akmal Mahmudaliyev Oliy Majlis Senati a’zoligiga saylandi.
Akmal Mahmudaliyev 1974 yilda Farğona viloyatida tuğilgan. Ma’lumoti oliy. 1995 yilda Samarqand kooperativ instituti, 2005 yilda Toşkent kimyo-texnologiya institutini tamomlagan.
U Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimi, Farğona viloyatining Uçköprik tumani hokimi, Navoiy viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari lavozimida işlagan.
2022 yil noyabrida Akmal Mahmudaliyev Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini vaqtinça bajaruvçi etib tayinlangandi. 2023 yil aprel oyi boşida u hokimlikka rasman tasdiqlandi.
Bundan oldin Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov Oliy Majlis Senati a’zoligiga saylangandi.












