O‘zbekiston | 18:20 / 16.06.2023
8467
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentning Sergeli va Bektemir tumanlarida yangi qozonxonalar qurilishi boshlandi 

130 dan ortiq ko‘pqavatli uy va 30 ta ijtimoiy obekt yopiq issiqlik ta’minoti tizimiga o‘tkaziladi.

Foto: Veolia Energy Tashkent

Issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish doirasida Veolia Energy Tashkent kompaniyasi tomonidan Toshkent shahrining Bektemir va Sergeli tumanlarida sinov loyihasi amalga oshirilmoqda. Uning doirasida 130 dan ortiq ko‘pqavatli uy va 30 ta ijtimoiy obekt yopiq issiqlik ta’minoti tizimiga o‘tkaziladi. 

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, yopiq issiqlik ta’minoti tizimida ko‘pqavatli uylar va ijtimoiy obektlar yangi issiqlik ta’minoti sxemasiga ulanadi, bunda suv to‘g‘ridan-to‘g‘ri obektda isitiladi. Buning uchun har bir obekt tashqi haroratni hisobga olgan holda issiqlik energiyasini tartibga soluvchi bug‘lama bilan jihozlanadi. 

Ta’kidlanishicha, loyihaning amalga oshirilishi issiqlik ta’minoti samaradorligini oshirish va issiqlik yo‘qotishlarini sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi.

Veolia Energy Tashkent tajriba loyihasi raqamlarda:

- qozonxonalarning umumiy loyiha quvvati: 48 MVt yoki 41,4 Gkal/soat;

- issiqlik manbalarining umumiy maydoni: «Vodnik» qozonxonasi uchun 937 m² va «Sanoatenergo» uchun 600 m²;

- qozonxonalar ishlaydigan hududda kamida 13 km issiqlik tarmog‘ini rekonstruksiya qilish: «Vodnik» - umumiy uzunlikdagi tarmoqlarning 45%, «Sanoatenergo» - umumiy uzunlikdagi tarmoqlarning 66%;

- aylanma nasoslar va tegishli uskunalar bilan 147 ta avtomatik individual isitish punktlarini (IIP) o‘rnatish;

- 147 ta umumiy issiqlik energiyasi hisoblagichlarini o‘rnatish. 

Loyihani foydalanishga topshirish 2024 yil II-choragiga mo‘ljallangan. 

Mavzuga oid