Bryusseldagi ikki kunlik yiğilişda NATO mudofaa vazirlari Rossiyaga nisbatan yangi strategiya böyiça kelişa olmadi. 16 iyun, juma kuni NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg uçraşuv iştirokçilari faqatgina “öz pozitsiyalarini birlaştirişga” muvaffaq bölganini aytdi, deb xabar bermoqda Reuters.

Veto Turkiya tomonidan qöyilgan, deya xabar beradi agentlik NATOning ismi oşkor etilmagan yuqori martabali diplomatiga tayanib. Uning sözlariga köra, Anqara hujjatdan “geografik jihatlar”, jumladan, Kipr tufayli norozi bölgan. Orolning şimoliy qismi 1974 yildan beri özini “Şimoliy Kipr Turk Respublikasi” deb ataydi, biroq Turkiyadan boşqa heç bir davlat tomonidan mustaqil mamlakat sifatida tan olinmagan.

Xuddi şu manbaga köra, AQŞ Turkiya hali ham öz e’tirozlarini qaytarib olişiga umid qilmoqda, keyin esa yangi strategiya iyul oyida Vilnyusda bölib ötadigan NATO sammitida qabul qilinişi mumkin.

Hozir muhokama qilinayotgan NATOning Rossiyaga nisbatan yangi strategiyasi Sovuq uruş tugaganidan beri birinçisi. Şundan söng, ittifoq mamlakatlari öttiz yil davomida Rossiyani asosiy tahdid deb hisoblamadi. 

Strategiya, Reuters agentligiga köra, alyansning Rossiyaga qanday munosabatda bölişini körsatadigan “minglab sahifali harbiy hujjatlar”ni öz içiga oladi.