Namanganlik yirik tadbirkor Dilşod Töraxöjayev 12-15 aprel kunlari Toşkent şahar IIBB tergov bölimida oğzi va qöllari skotç bilan boğlanib, şafqatsizlarça qiynoqqa solingani aytilgandi.

6 may kuni Oliy Majlisning inson huquqlari böyiça vakili va uning huzuridagi Jamoatçilik guruhlari a’zolari Zangiota tumanidagi 1-son Tergov hibsxonasiga borib, Dilşod Töraxöjayev bilan uçraşgan. Suhbat davomida tadbirkor öziga nisbatan Pop tumani IIBda va keyinçalik Toşkent şahar IIBBda ruhiy va jismoniy bosim ötkazilganini ma’lum qilgan, qiynoqlar natijasida aybiga iqror bölganini ma’lum qilgan.

“Şu kunning özida D.Töraxöjayevning qiynoqqa solinganligi holati yuzasidan olib borilayotgan tergovga qadar tekşiruv harakatlari har tomonlama, töliq va qonuniy ötkazilişini ta’minlaş yuzasidan Boş prokuraturaga Ombudsman talabnomasi kiritilgan edi.

Hozirda prokuratura organlari tomonidan olib borilayotgan tergovga qadar tekşiruv harakatlari yakunlanmagani sababli, Ombudsman talabnomasiga yakuniy javob taqdim etilmagan.

Eslatib ötamiz, Ombudsmanning tergov-suriştiruv harakatlarini ötkaziş vakolati yöq. Ombudsmanga yuborilgan qiynoqqa oid murojaatlar Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq örganib çiqiş va tegişli çora köriş böyiça Boş prokuraturaga yönaltiriladi.

Dilşod Töraxöjayevning advokati ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan videomurojaatda himoyasi ostidagi şaxsning soğliği yomon ekanligi, unga malakali şifokor yordami hamda MRT va UTT tekşiruvlaridan ötkazilişi kerakligi bayon etilgan. Şu bois 2023 yil 15 iyun kuni Ombudsman va uning huzuridagi Jamoatçilik guruhlari a’zolari yana bir bor 1-son Tergov hibsxonasiga borib, tadbirkor bilan uçraşdi va holi tarzda suhbat ötkazişgan.

Foto: Ombudsman matbuot xizmati

Töraxöjayev 1-son Tergov hibsxonasi xodimlari va şaroitdan şikoyati yöqligi, faqat töliq tibbiy tekşiruvdan ötkazilmaganligi, unga nisbatan qiynoq qöllangani böyiça tergovga qadar tekşiruv harakatlari çözilayotganligi va uni qiynoqqa solgan xodimlarga nisbatan çora körilmayotganidan şikoyat qildi.

Ombudsman tomonidan D.Töraxöjayevga malakali tibbiy yordam körsatilişi va tibbiy tekşiruvdan ötkazilişini taşkillaştiriş böyiça çoralar körilmoqda. Şuningdek, uning şikoyati böyiça Boş prokuraturaga Ombudsmanning nazorat xati çiqarildi”