15–16 iyun kunlari Istanbul şahrida Özbekiston va Turkiya örtasida fuqaro aviatsiyasi sohasida hamkorlikni yanada rivojlantiriş maqsadida ikki davlat aviatsiya ma’muriyatlarining maslahatlaşuvi taşkil etildi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tadbirda ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati hamda uni rivojlantiriş istiqbollari körib çiqildi. Xususan, ikki davlat örtasidagi aviaqatnovlar sonini oşiriş va yangi yönalişlar oçiş masalalari muhokama etildi.
Muzokaralar davomida Özbekiston bilan Turkiya örtasidagi aviaqatnovlar sonini haftasiga 58 tadan 72 taga oşiriş hamda yangi yönalişlar oçiş böyiça kelişuvga erişildi.
Jumladan, 2023–2024 yillar davomida Toşkent va Istanbul örtasidagi aviaqatnovlar sonini haftasiga 38 tadan 50 taga yetkaziş hamda Qarşi, Termiz, Nukus, Namangan, Andijon şahridan Istanbulga yangi aviaqatnovlar yölga qöyilişiga kelişildi va bu böyiça tegişli hujjat imzolandi.
Ayni paytda Toşkent xalqaro aeroportidan taşqari, Samarqand, Urganç, Buxoro va Farğonadan Turkish airlines, Uzbekistan airways va Qanot Sharq aviakompaniyalari Istanbulga töğridan töğri aviaqatnovlarni amalga oşirmoqda.

















