2022 yil 20 dekabr kuni prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekiston xalqi va parlamentiga murojaat qilarkan, endi ixçam va samarali davlat boşqaruv tizimiga ötilişini aytgandi.
U bu borada, şuningdek, endi “qöl boşqaruvi”dan – aniq natijaga işlaydigan tizimli boşqaruvga ötiş vaqti kelganini ham aytgan.
Mirziyoyevning murojaatidan keyin bugunga qadar deyarli 6 oy vaqt ötdi. Xöş, bu ötgan vaqt davomida öşa taklif qilingan “tizimli” boşqaruvga ötiş borasida nima işlar qilindi, mutaxassislar-çi, bu işlarni qanday körmoqda, sezyaptimi? Özi umuman tizimli boşqaruv nima-yu, qöl boşqaruvi nima?
Kun.uz muxbiri şu kabi savollar yuzasidan siyosatşunos Farhod Tolipov, huquqşunoslar Lola Saidova va Jörabek Ne’matov bilan intervyu ötkazdi.
— Qöl boşqaruvi va tizimli boşqaruv nima degani özi? Ular qanday qonun-qoidalar va asos ustiga quriladi? 31 yillik boşqaruvdan keyin biz nega bugun tizimli boşqaruvga ötiş haqida gapirib qoldik?
Ikki boşqaruvning oqibat va natijalari haqida ham.
Farhod Tolipov:

— Qöl boşqaruvi degani tizimlar, qonun-qoidalar va siyosiy institutlar bilan boşqarib bölmaydigan şakl. Ya’ni bunda aniq bir vaziyatni boşqariş uçun sub’yektik omillar işlaydi. Deylik, davlat rahbarining aralaşuvi qaysidir vaziyatda yoki mavjud qonun işlaşi uçun ham ma’lum buyruq beriş. Tizim işlamay, xodimlarning qölidan uşlab yetaklab yurişdek. Bunday holat davlat organlari nomukammal işlayotganidan darak beradi. Bu esa nodemokratik davlatlarga xos, çunki siyosiy institutlar işlamaydi. Qarorlar nomukammal, özgaruvçan böladi.
Qöl boşqaruvi iyerarxik tuzilmalarga ega davlatlarga xos, ya’ni hokimiyat vertikali, bunda yuqoridan keladigan buyruqlarga qarab qolinadi. Qarorlar, qonunlar esa taktik böladi, strategik emas, ya’ni uzoqni közlab qilinmaydi, faqat ma’lum vaziyat uçun xos böladi. Mana şunday «kasalmand» tizimlarda qöl boşqaruvi paydo böladi.












