«Anhor-Lokomotiv» boğining mehmonlarga xizmat körsatiş bölimi boşliği Şerzod Asadullayev baxtsiz hodisaga fuqarolarning xavfsizlikka rioya qilmagani sabab bölganini ma’lum qildi.
“Öşa kungi baxtsiz hodisada ikki nafar ayol va erkak jabr körişgan. Bunga sabab ularning xavfsizlikka rioya qilmagani bölgan. Operatorimiz ularning xavfsizlik kamarlarini taqqan, lekin erkak telefonini qöymoqçi bölib xavfsizlik kamarini yeçgan. Ayol kişi ham kiyimi xalaqit bergani uçun kamarni yeçgan. Operatorimiz esa buni körmagan va attraksionni işga tuşirgan.
Attraksion 2016 yilda boğ oçilişi bilan örnatilgan. Texnik holati 1 iyundan oldin tekşirilgan edi va işga yaroqli degan xulosa berilgan. Oldin boğ hududida bunday holat kuzatilmagan edi, bu birinçisi böldi. Voqea bölgan paytda attraksionning 5 kişiga möljallangan bir bölimiga faqat ayol va erkak ikkisi ötirgan. Holatdan söng attraksion tekşirilgani yöq, çunki soz holatda. Bölib ötgan xodisa esa texnik xavfsizlikka rioya qilinmaganlik oqibati. Bundan taşqari, attraksion har kuni ertalab tekşirib turiladi va texnik xavfsizlik jurnaliga qayd etiladi”, - dedi bölim boşliği.

Jabrlanuvçilarning ahvolini biliş maqsadida xalq tilida 16 şifoxona deb nom olgan Çilonzor tumanida joylaşgan Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markazida davolanayotgan ikki fuqaro va ularning yaqinlari bilan suhbatlaşdik.
«12 iyun kuni «Anhor Lokomotiv» boğida böldi bu hodisa. Holat böyiça har xil gap-sözlar tarqalib ketibdi. Öşa paytda attraksion operatori xavfsizlik kamarini taqib ketgaç, men telefonni qöyiş uçun örnimdan turdim, keyin yana özim yopdim xavfsizlik vositasini. Yopildi deb öylagan edim, ammo bir neça marta aylangandan söng oçilib ketdi. Ayb özimda bölgan ekan. Sekin-sekin tuzalyapman hozir, boğ xodimlari ham xabar olib turişibdi», - dedi ayni paytda davo muolajalari olayotgan Elbek Botirov.

Soğliqni saqlaş vazirligi bemorlarning holati örta oğir darajada ekani va belgilangan standartlari asosida davo muolajalari olib borilayotganini ma’lum qildi.
Ayni paytda attraksionlarga mas’ul xodimlarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat iş qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
















