O‘zbekiston | 09:02 / 17.06.2023
8693
3 daqiqa o‘qiladi
Yoshlar siyosati va sport vazirligining vazifalari belgilandi
Prezidentning “Yoshlar siyosati va sport vazirligi tashkil qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
Prezidentning ayrim hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi:
- Yoshlar ishlari agentligining 21 nafar shtat birliklarini Yoshlar siyosati va sport vazirligi markaziy apparatiga o‘tkazish orqali yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish va muvofiqlashtirish bo‘yicha tarkibiy bo‘linmani tashkil qilish;
- Yoshlar ishlari agentligi zimmasiga yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bilan bog‘liq qo‘shimcha vazifalar yuklash, shuningdek, agentlikning yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi ayrim vazifalarini Yoshlar siyosati va sport vazirligiga o‘tkazish;
- Davlat buyurtmachilari tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‘yxatiga xalqaro sport federatsiyalari talab va tavsiyalariga asosan xalqaro sport musobaqalari hamda professional sportchilar uchun zarur bo‘ladigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan sport anjomlari, uskunalari, kiyimlari va boshqa jihozlarni qo‘shish;
- “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkaziladigan musobaqalarda sport turlarini ko‘paytirish, shuningdek, jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida tegishli sport turlari bo‘yicha musobaqalarni tashkil qilish;
- har yili Navro‘z umumxalq bayrami arafasida qorabayir zotli otlar ishtirokida xalqaro chavandozlar musobaqasini respublikaning qolgan hududlarida ham o‘tkazish;
- qo‘l jangini yanada ommalashtirish, salohiyatli yoshlarni seleksiya qilish va professional sportga yo‘naltirish maqsadida sport maktablarida qo‘l jangi bo‘yicha to‘garaklar faoliyatini tashkil qilish;
- Osiyo Olimpiya Kengashi tomonidan qabul qilingan qarorga muvofiq Xanchjou shahrida (Xitoy) bo‘lib o‘tadigan XIX yozgi Osiyo va IV Paraosiyo o‘yinlarini 2022 yildan 2023 yilga ko‘chirish va shu munosabat bilan O‘zbekiston sportchilarining kompleks tayyorgarligini tashkil etish va boshqalar.
Mavzuga oid
15:18 / 13.11.2024
O‘zbekiston ingliz tili savodxonligi reytingida 98-o‘ringa tushdi
08:00 / 30.10.2024
Vazirlik va idoralar xodimlari soni qisqartirilmoqda
11:41 / 13.09.2024
Yana uchta vazirlikning 100 dan ortiq boshqaruv xodimlari tadbirkorlik qilishi ma’lum bo‘ldi
15:06 / 09.09.2024