Qozoğiston poytaxti Ostona şahrida bank bölimida odamlar garovga olindi. Qozoğiston IIV ma’lumotiga köra, qurollangan şaxs Kaspi bankining Döstlik köçasidagi filialiga hujum qilgan.

Bank matbuot xizmati içkarida faqat bank xodimlari bölganini xabar qilgan.

Politsiya bosqinçi bilan muzokaralar ötkazgan. Mahalliy naşrlar xabariga köra, bank bölimi joylaşgan binoda yaşovçilardan kvartiralarini tark etiş söralgan. Bino çor atrofdan örab olingan.

Bankda yetti nafar ayol va bir qöriqçi bölgani xabar qilingan. Ularni garovga olgan şaxs esa, bankning barça aktivlarini nogiron bolalar, kambağal va muhtojlar fondiga ötkazişni talab qilgan. U öz talablarini bajariş uçun uç soat vaqt bergan, şundan söng garovga olinganlarni öldira boşlaşini aytgan.

Köp ötmay uşbu şaxs qölga olinib, garovdagilarning barçasi ozod etildi. Ijtimoiy tarmoqlarda jinoyatçining qölga olinişi aks etgan video tarqalgan. OAV ma’lumotiga köra, bu 30 yoşli Alixan Muradov bölib, uning «kredit bilan boğliq muammolari» bölgan.